09/06/2023

2023- yil 09- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Giyohvandlik va narkobiznes – inson hayotining kushandasi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar."Asr vabosi” nomini olgan giyoxvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zahri qotildir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼkidlaganidek, qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Asr vabosiga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz. O‘zini shu yurt farzandiman, deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak. Mazkur jarayon umummilliy kurashga aylanmog‘i shart. Shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo‘lamiz.