Joriy yilning 8-iyun kuni poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi va hududlarining 2050- yilgacha demografik rivojlanish prognozlari natijalari va respublikada tug‘ilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlanma so‘rov natijalari taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi.Mazkur davra suhbatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalarning vakillari, vazirlik, idoralar, ilmiy tadqiqot institutlar va universitetlarning rahbar va xodimlari ishtirok etdi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich tadbirni tashkil etishdagi hamkorligi uchun BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.2023-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 197 781 kishini tashkil etgan. Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.Mamlakatimiz aholisi 2023-yil boshidan buyon 172,8 ming kishiga koʻpaygan. Oʻzbekiston aholisi 2023-yilning har bir oyida oʻrtacha 57,6 ming kishiga oshgan. 2023-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,9 ming kishiga koʻpaymoqda.Shuningdek, tadbirda Statistika agentligining “Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi” boshlig’i Zoyir Yuldoshev ham ishtirok etib, mamlakatimizda demografiya statistikasi sohasi yuzasidan fikr almashdi.2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy nofaol soni jami 4 423,3 ming kishini tashkil etgan. Ushbu koʻrsatkichni, 2021-yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 69,1 ming kishiga koʻpaygan.Mazkur davra suhbatida ko‘tarilgan masalalar mamlakatimizda demografiya va mehnat bozori sohasida qisqa va uzoq muddatli dasturlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.