Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi.Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. Viloyatda bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, 2023- yil yanvar-aprel oylarilarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1 585,5 mln AQSh dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 179,5 mln AQSh dollariga yoki 12,8 % ga ko‘paydi.