08/06/2023

Joriy yil 6- iyun kuni Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan senatorlar, qo‘mita ekspertlari guruhi aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosining borishi muhokama qilindi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari ham ishtirok etishdi.Dastavval gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumot berildi.Senatorlar tomonidan Gender tenglikka erishish strategiyasida belgilab berilgan vazifalar, chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda bu boradagi ishlarni kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.Muhokama jarayonida o‘z vaqtida bajarilmayotgan ayrim vazifalar ijrosiga eʼtibor qaratilib, vazirlik va idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.Muhokama yakunida qo‘mitaning bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan qarori qabul qilindi.