24/10/2023

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 29 209,8 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 28 503,5 mlrd. so‘mni (103,7 %), o‘rmon xo‘jaligi – 556,1 mlrd. so‘mni (102,5 %), baliqchilik xo‘jaligi – 150,2 mlrd. so‘mni (114,3 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Andijon viloyatining ulushi 10 % ni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech