Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 875 ta yoki 91,2 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki: 96,8 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 87,1 foizni tashkil etdi; Yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,3 foizni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 122,2 foizni tashkil etdi; Yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,9 foizini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 75,0 foizni tashkil etdi.