13/09/2023

2023- yil 1- avgust holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 13,0 foizini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 68,4 foizni tashkil etdi. Dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat va teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 48,6 foizini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 71,5 foizni tashkil etdi. Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 38,4 foizini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 67,4 foizni tashkil etdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech