11/09/2023

2023- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi fermer xo‘jaliklarining ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida (44,5 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng yuqori ulushi Andijon shaharda (99,0 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng yuqori ulushi Baliqchi tumanida (6,7 %) qayd etildi. Fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi mahsuloti tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kam ko‘rsatkich Xonobod shahrida (1,0 %), dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining eng kam ulushi Ulug‘nor tumanida (51,8 %), qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning eng kam ulushi Xonobod shahrida (0,1 %) qayd etildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech