08/09/2023

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon- qoniga singib ketgan bo‘lib, kitobga oshnolik bolalikdan singdirilib boriladi. 

Maʼnaviyat va maʼrifatga kitob mutolaasisiz erishib boʼlmaganidek, Andijon viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitoblarni mutolaa qilishlari uchun  “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” tadbiri o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xodimlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma’naviy dunyosini yuksaltirish, bilim va tafakkurini oshirishdir.

Kitobni mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga etish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi shubhasizdir.