07/09/2023

2023- yil 31- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan Andijon shahar “Xamdo‘stlik” MFYda aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-860-sonli Qonuni va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirdi.