06/09/2023

2023-yilning 28-30-avgust kunlari Xalqaro elektr aloqa ittifoqi taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Raqamli transformatsiya” mavzusida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi.Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tashkil  etilgan  “Raqamli transformatsiya” mavzusidagi mintaqaviy forumda Rossiya, Qirg‘iz, Qozog‘iston, Belorus, Azarbayjon, Oʻzbekiston va boshqa MDH davlatlari vakillari qatnashdi. 

Mazkur mintaqaviy forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Qarshiboyev ham ishtirok etdi. Ushbu xalqaro tadbirda ishtirokchilar raqamli transformatsiyani o‘lchash, zamonaviy AKT orqali statistika ma’lumotlarini tahlil qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Forum tashkilotchilari va qatnashchilari bunday nufuzli tadbirlarni kelgusida ham  hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishib olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech