06/09/2023

  1. 2023- yil yanvar-avgust oylari yakuni oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat -4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022- yil 16- noyabrdagi 23-mb son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari to‘g‘risida”gi” “12-narx (sanoat) shakli” oylik hisobotini 20- sentabr sanasidan kechiktirmay.

     

    1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022- yil 16- noyabrdagi 23-mb son qaroriga 98- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5- sentabr sanasidan kechiktirmay.

     

    1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2022- yil 16- noyabrdagi 23-mb son qaroriga 94-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi” “12-moliya shakli” oylik hisobotini 18- sentabr sanasidan kechiktirmay.

     Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
    215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

    Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-30-48, 228-30-62

    Andijon viloyati statistika boshqarmasi