Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan shifoxona muassasalari soni 162 tani tashkil etdi. Ularda bemorlar uchun ajratilgan o‘rinlar soni 14 390 tadan iborat. Faoliyat ko‘rsatayotgan jami shifoxona muassasalaridan 123 tasi yoki 75,9 % kichik biznes sub’yektlari hisoblanadi. Shifoxona muassasalari soni o‘tgan 2017-yil bilan taqqoslaganda 26 taga ko‘paygan.