31/08/2023

O‘z sohasi va tarixini yaqindan o‘rganish har bir soha vakilining burchidir. Shu jumladan, Andijon viloyati Statistika boshqarmasi xodimlari  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi qoshida tashkil etilgan “Statistika muzeyi”da bo‘lishdi.Muzeyda statistika faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar, ish faoliyatiga doir noyob eksponatlar hamda tizimni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan fidoiy rahbarlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Muzeyning kirish qismida shu tizimda fidokorona xizmat qilgan faxriylarning kelajak avlod uchun qoldirgan statistika sohasiga oid kitoblari, maqolalar, darslik va qoʻllanmalar, statistika tizimida chop etilgan nashrlar hamda Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha qoʻllanma va nashrlar, Aholini roʻyxatga olish jarayonida foydalanilgan ish yuritish buyumlari va boshqa turli eksponatlar mavjud.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech