31/08/2023

2023- yil 31- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Mustaqilligimiz – bizning faxrimiz!” mavzusida  ma’naviyat  soati  bo‘lib  o‘tdi.  

Tadbirda  boshqarma  boshlig‘i  N.G‘. To‘xtaboyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i  N.G‘. To‘xtaboyev ochib,  Insondagi eng oily tuyg‘u – Vatan tuyg‘usidir. 1991- yilning 31- avgustida O‘zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilingach, o‘zbek millatining qaddi tiklanganlini, Vatan qadri ortgani, milliy qadriyatlarimiz, dinimiz, milliy bayramlatimiz yana xalqqa qaytganlini aytib o‘tdi va barcha xodimlarni Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan tabrikladi.

 

So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Mustaqilligimiz – bizning faxrimiz!” mavzusi  yuzasidan quyidagilarni aytib o‘tdi, Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, Vatan tushunchasi o‘zgacha mazmun kasb etgani, Vatanimiz hududiga rivojlangan mamlakatlarning nufuzli korxona va tashkilotalri o‘z texnika va texnologiyasi va mahsulotlari bilan kirib kelayotganligi, tarixan qisqa bir davrda vatanimiz dunyoga tanila boshlagani, bugun – Istiqlolimizning 32 yillik tantanasi arafasida o‘zbek degan nomni oqlab kelayotgan yurdoshlarimiz mehnatini maqtasak arziydi.

Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu bo‘yicha bahs va munozarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. 

 

Mustaqillik bayramingiz muborak!

Qadrli va muhtaram vatandoshlarim! Sizlarni, butun xalqimizni Mustaqillik kuni bilan bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilayman.  Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech