2023-yilning yanvar-iyul oylarida Viloyatda jami sanoat ishlab chiqarishidagi yuqori ulush Asaka tumani (58,1 %), Andijon shahri (14,1 %), Xonobod shahri (4,1 %), Xo‘jaobod tumani (3,4 %) hamda Baliqchi tumani (2,8 %) lari hissasiga tog‘ri keldi. Shuningdek, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan yuqori FHI, Andijon tumanida (110,1 %), Ulug‘nor tumanida (107,2 %) hamda Shahrixon (105,7 %) tumanlarida kuzatildi.