30/08/2023

Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023- yil 1- avgust holatiga 24 402 taga yetib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 94,2 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 37,2 foiz, sanoat – 22,5 foiz, qurilish – 8,6 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 7,2 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,0 foiz, tashish va saqlash – 3,8 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3,6 foiz, axborot va aloqa – 1,7 foiz, boshqa turlari – 10,4 foiz.