Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan Mustaqillik bayrami arafasida, agentlik tizimida faoliyat yuritib, hozirda nafaqaga chiqqan keksalar uchun turli tadbirlar tashkil etilib, ularning holidan xabar olinmoqda.
Xususan, uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan, fidoyi, vatanparvar, sadoqat va ibrat namunasi bo’lib xizmat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Oilasiga iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.
Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.