Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda. 2023- yil yanvariyul oylarida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari soni 2 584 ta bo‘lib, shundan: - mikrofirmalar va kichik korxonalar 2 582 ta; - yirik korxonalar 2 tani tashkil etdi.