Joriy yilning 23–25- avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlatlararo statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan yigʻilishda qatnashdi.Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi delegatsiyasi MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi Raisi Konstantin Emilevich Laykam bilan ham uchrashdi.
Shuningdek, 24-25-avgust kunlari Moskva shahrida statistik maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etishda zamonaviy elektron dastur mahsulotlarini qoʻllagan holda tezkor, haqqoniy, qulay va shaffof statistik maʼlumotlarni shakllantirish va statistika tizimiga joriy qilish yuzasidan seminar tashkil etildi.Mazkur seminarda Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish boʻlimi boshligʻi R. Urazbayev, Xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi D. Xamdamov, Demografik koʻrsatkichlarni shakllantirish boʻlimi boshligʻi R. Satvaldiyev, Axborot tizimlarini rivojlantirish va joriy etish boʻlimi boshligʻi G.ʻ Eshmurodov va Statistika hisobotlarni raqamlashtirish va vazifalarni dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi D. Tojiboyevlar ishtirok etdi.
Seminarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʻzaro fikr-mulohaza almashib, zamonaviy AKT vositalari tizimga joriy etish hamda ular asosida statistik maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha oʻz tajribalarini boyitishdi.