29/08/2023

2023- yil 29- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi va tuman-shahar statistika bo‘limi xodimlari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i B. Melikmurotov tomonidan seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda, statistika xodimlarida doimiy ravishda korrupsiyaviy jarayonlarga nisbatan murosasiz ko‘nikmalarni shakllantirish va o‘z vaqtida rahbariyatga ushbu korrupsion illatlar to‘g‘risida xabar qilganlik uchun tashabbuskor xodimlarni rag‘batlantirish talablari tushuntirib o‘tildi. Tizimda korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ma’muriy bino va xizmat xonalarini plakat, banner va fla’erlar bilan to‘liq jihozlash belgilandi. Bundan tashqari, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa bir qator qonunosti normativ- huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Yig‘ilish so‘ngida, barcha ishtirokchi xodimlarning savollariga asosli javoblar berildi. Xodimlarga tizim bo‘yicha duch kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillar va boshqa har qanday muammoli vaziyatlarni yechish masalasida doimiy ravishda Statistika agentligi va Andijon viloyat statistika boshqarmasining Ishonch raqamlariga, shuningdek Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmatining quyidagi +99871 203-80-00 (14-50) raqamlariga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirib o‘tildi.