Joriy yilning 28- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Oltinko‘l tumani statistika bo’limi mas’ul xodimi tomonidan Oltinko‘l tumanida shaxsiy avtotransport egalari tashish faoliyatining tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilish jarayonlari o'rganildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻz-oʻzini band qilgan jismoniy shaxslar tomonidan tashish faoliyati bilan shug’ulanayotgan shaxsiy avtotransport egalarining ko’rsatilayotgan xizmatlar ma'lumotlari registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritildi.