28/08/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Satatistika Agentligi Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Z.Talipova Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.To‘xtaboyev va Statistika agentligining Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi iqtisodiy tahlil va moliya bo‘limi boshlig‘i F.Ro‘zimatovlar  boshchiligida joriy yilning 25-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida tizimida faoliyat yuritib kelayotgan boshqarma xodimlari bilan muammolarini o‘rganish va amaliy yordam berish, ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, qo‘llab-quvvatlash, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish, bo‘yicha, boshlang‘ich tashkilot faoliyatini o‘rganish maqsadida “Ochiq muloqot” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni statistika boshqarma boshlig‘i N.To‘xtaboyev ochib berdi.Uchrashuv davomida Satatistika Agentligi Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Z.Talipova hamda Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi iqtisodiy tahlil va moliya bo‘limi boshlig‘i F.Ro‘zimatovlar o‘z fikir mulohazalarini bildirib o‘tdi.