Teatrga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni jami 159,5 ming nafardan iborat bo‘lib, ulardan 49,0 ming nafari drama teatri va qolgan 110,5 ming nafari qo‘g‘irchoq teatrining muxlislari hisoblanadilar. Teatr jamoasi spektakllarni asosan davlat tili, ya’ni o‘zbek tilida namoyish etadilar.