25/08/2023

2023- yil 21- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan Andijon shahar “Sadoqat” MFYda aholi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2023 yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-120-sonli Farmoni va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘rtasida o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyat hisini oshirish, yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bajarishda halollik, beg‘arazlik tamoyillariga rioya qilish bo‘yicha fikrlar bildirdi.