22/08/2023

Joriy yilning 22-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.To‘xtaboyev, “Xizmatlar sohasi statistikasi” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Berdibayev hamda “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X.Toxirov va boshqarma xodimlari tomonidan Andijon tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.