18/08/2023

Tadbirda  boshqarma  boshlig‘i  N.G‘. To‘xtaboyev, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.Tadbirni boshqarma boshlig‘i  N.G‘. To‘xtaboyev ochib,  30-50-yillaridagi qatag‘on qurboni bo‘lgan vatandoshlarimizning porloq xotirasini abadiylashtirish maqsadida Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 2000- yilda Toshkent shahridagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi bunyod etilganligini, ushbu majmua Vatan ozodligi, mustaqilligi yo‘lida o‘z jonidan kechgan yurtdoshlarimizning bezovta ruhi qo‘nim topgan muqaddas ziyoratgohga aylantirilganligini aytib o‘tdi.

So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Qatag‘on qurbonlari — vatan fidoyilari!” mavzusi  yuzasidan quyidagilarni, Mustabid tuzum davrida yuz minglab begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmasligini, yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi avlodlar yodida abadiy saqlanib qolishini aytib o‘tdi

Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu bo‘yicha bahs va munozarlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.