17/08/2023

2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,2 foiz ulushini tashkil etdi. 2022- yilning mos davri bilan solishtirganda tashish va saqlash xizmatlarining yo‘nalishlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki: - quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar o‘tgan yilga nisbatan 66,6 foizni tashkil etdi; - ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishi o‘tgan yilga nisbatan 66,1 foizni; - pochta va kuryerlik yo‘nalishi o‘tgan yilga nisbatan 45,8 foizni; - havo transporti yo‘nalishida o‘tgan yilga nisbatan 100,0 foizni tashkil etdi.