2023- yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 6 431,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.