16/08/2023

So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab quvvatlash hamda ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlari, shuningdek bu sohaga berayotgan katta eʼtiborlari natijasida 2019-2023 yil yanvar-iyun oylari davomida Andijon viloyati bo‘yicha jami 15 046 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasida -5 900 (yoki 39,2 %) ta, sanoat sohasida – 4 399 ta(yoki 29,2 %), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida -2 148 ta (yoki 14,3 %) va qurilish sohasida – 1 147 ta( yoki 7,6 %) tashkil etilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech