14/08/2023

Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o’rgansa va o’z tajribasida qo'llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, “hashar” deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam. Andijon viloyati statistika boshqarmasida 12-Avgust kuni obodonlashtirish ishlari olib borildi.Hasharda statistika boshqarmasining barcha hodimlari faol qatnashdilar.Boshqarmaning asosiy kirish yo‘liga beton quyish ishlari olib borildi hamda boshqarma hovlisi supurildi, o't, has-hashak va boshqa narsalardan tozalandi, daraxtlar oqlandi, Hashardan so'ng esa hammamiz yig‘ilib taomlandik. Hashar juda maroqli bo‘ldi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech