11/08/2023

2023- yil 11- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda  ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva ushbu mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2022-2026 yillar uchun Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligi, Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida birinchi o‘ringa shaxs, inson qadri yuqori o‘ringa qo‘yilib, “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida davlat va jamiyat boshqaruvini tashkil etishini,  bir so‘z bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsadga aylanganligini aytib o‘tdi.Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs va munozarlar qizg‘in bilan suhbat bo‘ldi.