10/08/2023

Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha 3 ta muzey faoliyat ko‘tsatgan. Yil davomoda muzeyga tashrif buyurgan tomoshabinlar soni 167,7 ming nafardan iborat. Ulardan 79,1 ming nafari yoki 47,2 % o‘quvchi va talaba yoshlar hissasiga to‘g‘ri keladi.Tashrif buyuruvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 18,2 ming nafarga ko‘paygan. 2022-yilda viloyat muzeylarida 48 ta turli mavzudagi maruzalar o‘tkazildi. Bundan tashqari 11 ta ko‘rgazmalar tomashabinlarga havola etildi. Muzeylar tomonidan 290 ta ekskursiyalar tashkil etildi. Ekskursiya tarzidagi tadbirda qatnashgan ishtirokchilar soni 83,4 ming nafardan iborat.