10/08/2023

2023- yil 1- iyul holatiga avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 1 906,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,1 % ga ortdi. Shuningdek, yirik korxonalar savdo hajmi 847,4 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati – 118,6 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyetklari savdo hajmi – 1 059,3 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati – 97,8 %) tashkil qildi.