07/08/2023

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ–4796-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha“Yo‘l xaritasi”ning 32.4-33.3-bandlariga muvofiq “Milliy hisoblar tizimi – 2008”ni amaliyotga to‘liq joriy etish, YAIM(YAHM)ning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirish orqali uning to‘liq qamrovini ta’minlash maqsadida Statistika agentligi tomonidan kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha keng qamrovli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish yuzasidan 2023- yilning 7- avgust kuni Statistika agentligidan biriktirilgan vakil O. Sidikov va Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Yangiyev Andijon tumani Poloson MFYda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash maqsadida uy xoʻjaliklarining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, taʻlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga xarajatlarini oʻrganish yuzasidan tanlanma kuzatuv oʻtkazish boʻyicha joyiga chiqb o‘rgandilar.