O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ–4796-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 32.4-33.3-bandlariga muvofiq “Milliy hisoblar tizimi – 2008”ni amaliyotga to‘liq joriy etish, YAIM(YAHM)ning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirish orqali uning to‘liq qamrovini ta’minlash maqsadida Statistika agentligi tomonidan kuzatilmaydigan iqtisodiyot bo‘yicha keng qamrovli statistik ma’lumotlarni ishlab chiqish yuzasidan 2023- yilning 7- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida, viloyatimizda kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash maqsadida joriy yilning 7-25- avgust kunlari hududlarda uy xoʻjaliklarining transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, taʻlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga xarajatlarini oʻrganish yuzasidan tanlanma kuzatuv oʻtkazish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.
Seminarda, Statistika agentligidan biriktirilgan vakil O. Sidikov soʻzga chiqib, tanlanma kuzatuvning mazmun-mohiyati va maqsadlari, tanlanma kuzatuvni belgilangan hududlarda oʻz vaqtida sifatli tashkil etish, kuzatuv natijalari boʻyicha soʻrovnoma maʻlumotlarini oʻz vaqtida dasturiy taʻminotga kiritib borish va oʻtkazilgan tanlanma kuzatuv yakunlari boʻyicha natijalarning umumlashtirish, puxta va sifatli tahlil qilinish boʻyicha jalb etilgan intervyuyerlarga kerakli maslaxatlar berildi.