2022/2023-o‘quv yilida Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridagi jami 58,3 ming nafar talabalardan 35,7 ming nafari ta’limning kunduzgi turida tahsil oladilar. Jami kunduzgi bo‘lim talabalaridan 17,9 ming nafari yigitlar va 17,8 ming nafari qizlardan iborat.