Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 15 684,4 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar 15 231,0 mlrd. so‘mni (101,2 %), o‘rmon xo‘jaligi – 381,3 mlrd. so‘mni (104,3 %), baliqchilik xo‘jaligi - 72,1 mlrd. so‘mni (110,9 %) tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Andijon viloyatining ulushi 10,2 % ni tashkil etdi.