29/07/2023

Joriy yilning 28-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil II chorak yakunlari boʻyicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.Yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining mas’ul xodimi O.T. Mamadaliyev hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq va hududiy statistika bo‘limlari boshliqlari qatnashdilar. Yig‘ilishni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev ochib berdi hamda kun tartibi bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan boshqarma boshlig'ining o'rinbosarlari shuningdek tegishli bo'lim boshliqlari o'z axborotlarini taqdim etdilar.

 

 

II chorak yakunlari bo‘yicha tarmoq va hududiy statistika bo'limlari xodimlari orasidan o'zlarining samarali mehnatlari  bilan yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlarga tashakkur aytilib rag‘batlantirildi. Yig‘lish so‘ngida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining mas’ul xodimi O.T. Mamadaliyev o‘z fiirlarini bildirib o‘tdi va Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasiga kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tiladi.