2022/2023-o‘quv yilida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida jami 58312 nafar talabalardan 7541 nafari davlat granti bo‘yicha tahsil olmoqdalar. Ulardan 7149 nafari bakalavriat va qolgan 392 nafari magistratura bosqichi talabalari hisoblanadi. O‘tgan 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda davlat granti bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni 50,6 % gaa ko‘payganligini kuzatish mumkin.