27/07/2023

2022/2023-o‘quv yilida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida jami 58312 nafar talabalar tahsil olmoqda. Ulardan 56841 nafari yoki 97,5 % ta’limning bakalavriat va qolgan 1471 nafari yoki 2,5 % magistratura bosqichi talabalari hisoblanadi. O‘tgan 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda talabalar soni 2,7 barobarga ko‘payganligini kuzatish mumkin.