2022/2023-o‘quv yili boshida boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha o‘quvchilar soni 40,7 ming nafardan iborat bo‘lib, ulardan qizlarning ulushi 57,6 % o‘g‘il bolalarning ulushiga 42,4 % nisbatan ko‘p bo‘lgan.Agarda professional ta’limning har bir darajasi alohida kuzatilsa, kasbhunar maktablarida tahsil olayotgan o‘g‘il bolalar 71,4 % ulushi qizlar 28,6 % ulushiga nisbatan ko‘pligini ko‘rish mumkin Kollejlarda qizlar ulushi 90,0 % ni, o‘g‘il bolalar ulushi 10,0 % ni, texnikumlarda esa qizlar 73,7 % ni, o‘g‘il bolalar 26,3 % ni tashkil qilgan.