2023- yilning yanvar-iyun oyi holatiga o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 2 760,7 ming. so‘mni (2022- yilning yanvar – iyun oyiga nisbatan 103,1 %) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqori hajm Andijon shahri (5 567,8 ming. so‘m), Shahrixon (3 658,2 ming. so‘m) va Xo‘jaobod (3 003,6 ming. so‘m) tumanlar hissasiga to‘g‘ri keldi.