Tahliliy natijalarga ko‘ra chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Ulug‘nor (99,1 %), Qo‘rg‘ontepa (99,1 %), Shahrixon (98,7 %) va Buloqboshi (98,6 %) tumanlariari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 7,1 % ni tashkil etib, eng katta ulush Andijon shahri (16,5 %), Jalaquduq (7,7 %), Andijon (7,2 %) va Oltinko‘l (7,1 %) tumanlarida kuzatildi.