Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatdiki: binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 79,2 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 105,5 foizga oshgan; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 10,2 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 60,9 foizga yetdi; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 10,6 foiz ulushni va 217,5 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.