Joriy yilning 12-14-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi xodimlari YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magi bilan Vashingtonda (AQSh) Open Data Watch (ODW) tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ma’lumotlarning ochiqligi va sifati, metama’lumotlar va ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan treningda ishtirok etishdi. Trening Oʻzbekistonda ochiq maʼlumotlar tizimini yanada yaxshilash, davlat sektorining ochiqligini va sogʻlom biznes muhitini takomillashtirish maqsadlariga qaratildi. YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va ODW tomonidan ko‘rsatilayotgan texnik yordami bilan 2018-yildan boshlab “Open Data Inventory” (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida O‘zbekiston 48 ballga o‘sdi va bu ODIN tarixidagi eng yuqori o‘sishlardan biri hisoblanadi
Bundan tashqari Statistika agentligi xodimlari tashrif davomida quyidagi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.Global ma’lumotlar barometri (Global Data Barometer - GDB) reytingi direktori Silvana Fumega (Silvana Fumega) bilan Zoom orqali O‘zbekiston Respublikasining Global Ma’lumotlar Barometridagi (GDB) erishgan natijalari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda hamkorlikda ishlash haqida kelishib olindi.
Tashrif davomida Korporativ ochiq ma’lumotlar markazi (Center for Open Data Enterprise vakillari) vakillari Djoel Gurin (Joel Gurin) va Pol Kuxne (Paul Kuhne) bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda veb-saytdan foydalanish qulayligi, qidirish qobiliyati va ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi interaktiv xususiyatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatishning eng yaxshi amaliyoti muhokama qilindi.Jahon banki bosh statistigi Xayshan Fu (Haishan Fu) xonim va Djuderika Dias (Juderika Dias) bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Jahon banki vakillari O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar reytingida o‘rnini keskin yaxshilayotganini ijobiy baholadi.