Joriy yilning 19-iyul kuni Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyot statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilovaning 2023-yilning 10-14-iyul kunlari Olmaota shahrida (Qozog‘iston) Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan tashkil etilgan “Soliq-byudjet statistikasi sifatini oshirish” mavzusida tashkil etilgan hamda Davlat moliyasi statistikasi (DMS) va Davlat sektori qarzi statistikasi (DSQS) bo‘yicha beshinchi mintaqaviy seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot ishtirokchilari seminardan olingan bilimlar asosida DMSva DSQS nazariy asoslari, tuzilishi va tasniflari, konsolidatsiya va sektorizatsiyaning asosiy tamoyillari, byudjet va qarz barqarorligini tahlil qilishda DMS va DSQSdan foydalanish, makroiqtisodiy ma’lumotlarning o‘zaro muvofiqligi kabi masalalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, taqdimot jarayonida Z. Kamilova mintaqa davlatlarida DMS va DSQSning hozirgi holati haqida ma’lumot berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi.