2022/2023- o’quv yilida Andijon viloyatida oliy ta’lim tashkilotlari soni 10 tani tashkil etdi. O‘tgan 2021/2022-o‘quv yiliga nisbatan ular soni 2 taga yoki 25,0 % ga ortgan. Jami oliy ta’lim tashkilotlarining 9 tasi viloyatning markazi hisoblangan Andijon shahrida va 1 tasi Andijon tumanida faoliyat olib boradi. Faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridgi jami 58 312 nafar talabalardan 960 nafari , yoki 1,6 % nodavlat talim tashkiloti talabalari hisoblanadi.