19/07/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida statistika idoralari faoliyatining tarixi va bugunini aks ettiradigan “Statistika muzeyi” tashkil etildi.Mazkur muzey statistika idoralari tarixida birinchi marotaba tashkil etilib, unda statistika faoliyatiga oid tarixiy hujjatlar, ish faoliyatiga oid noyob eksponatlar hamda tizimni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shgan fidoiy rahbarlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.Muzeyning kirish qismida shu tizimda fidokorona xizmat qilgan faxriylarning kelajak avlod uchun yaratib qoldirgan statistika sohasiga oid kitoblari, maqolalar, darslik va qoʻllanmalar, statistika tizimida chop etilgan nashrlar hamda Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish boʻyicha qoʻllanma va nashrlar, Aholini roʻyxatga olish jarayonida foydalanilgan ish yuritish buyumlari va qoʻllanmalar  mavjud.Xususan ushbu muzeyimizga Zoemtron-220 kalkulyatori, Statistika tizimi xodimlari tomonidan ish faoliyati davomida foydalanilgan hisobchoʻt va telefon apparati va “Elektronika PPF-01” Ish stoli uchun 8 xonalik maxsus kankulyator eksponat sifatida qoʻyilgan.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech