19/07/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023-yilning yanvar-iyun oylarida viloyat korxonalari tomonidan 28 778,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 103,5 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (97,6 %)ni tashkil etdi.